11:38 / 17.12.2020
2 316

“DAMAS” xatlangach qarzdorlik to‘lab berildi

“DAMAS” xatlangach qarzdorlik to‘lab berildi
Majburiy ijro byurosi Tuproqqal’a tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanilararo sudining
13.10.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor O.Qdan undiruvchi S.Nning foydasiga 102.565.510 so‘m pul mablag‘larini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 04.11.2020 yilda kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha 04.11.2020 yil kuni davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib qarzdorga
15 kunlik ihtiyoriy muddat berilib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Bundan tashqari, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “DAMAS” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash maqsadida jarima maydoniga qo‘yildi. Shundan keyin qarzdor o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasidan ayrilib qolishini bilib, undiruvchiga 102.565.510 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berdi va ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “DAMAS” xatlangach qarzdorlik to‘lab berildi