23:23 / 17.12.2020
5 568

Prezident O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bo‘yicha qarorni imzoladi

Prezident O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bo‘yicha qarorni imzoladi
Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qarorning to‘liq matni O‘zAda e’lon qilingan.

Qarorga ko‘ra, Davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi sanasi munosabati bilan:
- poytaxtimizda «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi va u yerda mustaqilligimizning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasi barpo etiladi;

- Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro halqa yo‘li «O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi» deb nomlanadi;

- o‘tgan davrda erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan «Yangi O‘zbekiston” kitob-albomi hamda har bir sohada amalga oshirilgan islohotlar natijalarini yoritib beruvchi kitob-albom va to‘plamlar nashr etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bo‘yicha qarorni imzoladi