15:06 / 18.12.2020
2 308

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «TikTokerlar»ni cheklash kerak emas

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «TikTokerlar»ni cheklash kerak emas
“Tashkent city”da joylashgan Congress Hall majmuasida «Toshkent yoshlari forum — 2020» doirasida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev jurnalistlarning yoshlar forumida TikTok yulduzlarining ishtirok etishi qanchalik ahamiyatli ekanligi mazmunidagi savolga javob berdi.

«TikTok ham ijtimoiy tarmoqlar, internet olamining bir qismiga aylanib ulgurdi. Ularni cheklash emas, balki to‘g‘ri yo‘lga solishimiz kerak. O‘zbekiston demokratik davlat bizga cheklash yarashmaydi. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solsak, bugun arzimasdek ko‘ringan o‘sha yoshlar ertaga kerakli insonga aylanadi», dedi hokim.

Inobat AHATOVA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxo‘jayev: «TikTokerlar»ni cheklash kerak emas