00:03 / 19.12.2020
3 440

Bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent shahar hokimi yoshlar bilan raqs fleshmobida qatnashdi (video)

Bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent shahar hokimi yoshlar bilan raqs fleshmobida qatnashdi (video)
Behzod Musayev va Jahongir Ortiqxo‘jayev
18 dekabr kuni Toshkentda yoshlar forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbir doirasida bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlarni forum bilan tabrikladi.

«Aziz yoshlar, davlat rahbari tashabbusi bilan sizlarni yig‘ib, jipslashtirish maqsadida ushbu forum tashkil qilindi. Men ijro hokimiyatining bir vakili sifatida shu ayta olamanki, prezidentimiz hammangizni juda yaxshi ko‘radi», – dedi Behzod Musayev.

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham o‘z so‘zida yoshlarni shijoatga chorladi.

«Bugungi tadbirga yig‘ilgan yoshlarni, ularning tabassumlarini ko‘rib, men kelajakda vazir, hokim bo‘ladigan yoshlarni ko‘ryapman. Siz O‘zbekiston kelajagining asosi bo‘lasiz, uning taraqqiyot indeksiga bosh bo‘lasiz, yuksak natijalarga erishasizlar.

Bunga albatta erishamiz. Avvaliga O‘zbekiston, keyin Markaziy Osiyo, undan keyin bosqichma-bosqich borib butun dunyo nomidan gapiramiz.

Yoshlar uchun zamonaviy, barcha texnologiya bilan jihozlangan maktablar, ta’lim dargohlari qurib berilmoqda. Ammo faqatgina chiroyli, zamonaviy binolar bilan yoshlar olim bo‘lib qolmaydi. Ya’ni ilm sizni emas, siz ilm ortidan borishingiz kerak. Taraqqiyot sari intilishingiz, qahramon bo‘la olishingiz kerak. Buni qila olamizmi? Albatta, qila olamiz!

Madaniyatda, sportda, ilmda har qanday sohada, siz O‘zbekiston yoshlari butun dunyo nomidan gapira oladigan darajada qahramonlar bo‘lishi kerak
», – dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Marosim yakunida tadbirning barcha ishtirokchilari fleshmobda raqsga tushishdi. Unda Behzod Musayev va Jahongir Ortiqxo‘jayev ham qatnashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent shahar hokimi yoshlar bilan raqs fleshmobida qatnashdi (video)