17:00 / 19.12.2020
3 356

Jahongir Otajonov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga: «Endi artistmasman, litsenziyamni hech kim ololmaydi»

Jahongir Otajonov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga: «Endi artistmasman, litsenziyamni hech kim ololmaydi»
San’atni tark etgan xonanda Jahongir Otajonov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga murojaat yo‘lladi. Ushbu murojaatda xonanda Tashkent City’ga kirish pullik bo‘lganini qoralaydi.

- "To‘g‘risi, bu narsalardan uzoqlashib, jim bo‘lib ketishni xohlaydiyu odam, lekin baribir kimdir gapirishi kerak. Alloh aytgan-ku, agar senga qaysidir holat yoqmasa, hech qaysi hokimdan qo‘rqma, haqiqat bo‘lsa, men borman, degan.

Jahongir aka, bu mening sizga ochiqdan ochiq murojaatim. Akajon, Alloh ishlaringiz, tadbirkorligingiz, hokimiyatingiz, qilayotgan ishlaringiz — hammasining barakasini bersin. Lekin bugungi gaplaringizni eshitib, qilinayotgan ishlarning hech biri xalq uchun qilinmayotganini tushunib yetdim. Bu mening shaxsiy fikrim, hech kimni haqorat qilmoqchi emasman. Aziz xalqim, deb Tashkent City’ga taklif qilyapsiz, u yerga kirishni 10 ming so‘m qilib qo‘yibsizlar. Endi bu uyat, to‘g‘risi, uyat. O‘sha yerda ham 10 ming olinglar endi.

Mening siz hokim bo‘lganingizdan keyin rosa ko‘nglim to‘lmagan ishlar bor-da, Toshkentga qayerdan kirib kelinsa, Welcome to Tashkent deb yozilgan, nima bizning o‘z tilimiz yo‘qmi? Bularni anchadan beri gapirgim kelardi, endi to‘g‘risi, ozgina cho‘chirdim, litsenziyamni olib qo‘ymasin, deb. Endi artistmasman, litsenziyamni hech kim olmaydi.

Tashkent City’ni pullik qilib qo‘yib, xalqni kelinglar, deb da’vat qilyapsiz, rahmat, lekin, xalqim deyishingiz noto‘g‘ri. Xalqning to‘rtta bolasi bilan kelganda 10 mingdan 60 ming so‘m tashlab ketishga qiynalmaydigan qismi, desangiz to‘g‘ri bo‘lardi
", - deydi Jahongir Otajonov.

Ma’lumot uchun, 2019 yilning oktabr oyida Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City ochilishi munosabati bilan qilgan videomurojaatida «Bu — xalqimiz uchun. Bu joy — millatimiz uchun. Ilohim, millatimizga ushbu yaxshi joy buyursin! Xalqimiz kelib yayrasin! Farzandlari bilan o‘ynab kulsin! Hammasi xalqimiz, O‘zbekiston xalqi uchun va aziz, mehribon millatimiz uchun!», – degan edi.

17 dekabrdan boshlab Tashkent City bog‘iga bayram arafasi va Yangi yil kunlarida kirish pullik etib belgilandi.

Jahongir Otajonov Jahongir Ortiqxo‘jayev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)