21:09 / 19.12.2020
2 813

Go‘zallik salonini “tozalab ketgan” shaxs voyaga yetmagan qiz bo‘lib chiqdi

Go‘zallik salonini “tozalab ketgan” shaxs voyaga yetmagan qiz bo‘lib chiqdi
Shu yilning 14 dekabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Namangan viloyati, Chust shahridagi «Pansada» MFY hududida joylashgan ayollar go‘zallik salonini «tozalab ketdi».

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 38 yoshli Shamsiya N.ga tegishli bo‘lgan salondan umumiy bahosi 10.000.000 so‘mlik – 1 dona noutbuk, 1 dona planshet, 1 dona ayollar kurtkasi, 1 dona shapka, 1 dona soch dazmoli, 1 dona soch gafre dazmoli, 1 dona ayollar sumkasi, 1 dona rastushovka apparati, 1 dona soch qaychisi va 10 quti kiprik o‘stirish uskunalari hamda har xil kosmetika bo‘yoqlarini o‘g‘irlab ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, hodisa joyida mavjud videokuzatuv kamerasidan olingan videotasvirlarni ko‘zdan kechirish hamda olib borilgan boshqa tergov-tezkor tadbirlari natijasida, o‘g‘irlikni 16 yoshli Shamsiqamarxon Q. sodir etganligi aniqlangan hamda undan o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan narsalar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Shamsiqamarxon Q. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoya huquqi bilan ta’minlangan holda so‘roq qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Go‘zallik salonini “tozalab ketgan” shaxs voyaga yetmagan qiz bo‘lib chiqdi