09:13 / 21.12.2020
4 442

Buxoroda dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan shaxs qilmishi fosh etildi

Buxoroda dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan shaxs qilmishi fosh etildi
Buxoro viloyatining Jondor tumanida o‘ziga tegishli dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan shaxs qilmishi fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.

Aniqlanishicha, Jondor tumanining «Oytug‘di» mahallasida yashovchi 45 yoshli fuqaro A.B. mehnat qilmay daromad topish maqsadida dala shiyponida fohishaxona ochgan.

Jondor tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar N.X. va M.X.lar mazkur dala shiyponda axloqsiz holatda qo‘lga olingan. Fuqaro A.B. ularning jinsiy aloqada bo‘lishi uchun 100 ming so‘m pul evaziga shart-sharoit yaratib bergani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan shaxs qilmishi fosh etildi