1 499
Turkiyada qamoqqa olingan Abdukarim Mirzayevning deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Gazeta.uz»
Turkiyaning Istanbul shahrida turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan Abdukarim Mirzayevning mamlakatdan deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jurnalist faoliyat ko‘rsatayotgan Registon TV onlayn telekanalining rasmiy sahifalariga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.
«Azizlar, ‘Registon TV’ oilasi a’zosi, jurnalist va rejissyor Abdukarim Mirzayev bilan bog‘liq xushxabarimiz bor. Istanbul Migratsiya idorasidan (Göç idaresi) olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Abdukarim Mirzayev deportatsiya qilinmaydi. Uning ozod etilishi esa vaqt bilan bog‘liq masala», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik taniqli jurnalist, Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti Abdukarim Mirzayev 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan «shubhali shaxslar bilan telefon orqali muloqotda bo‘lgani» aybi bilan qo‘lga olingandi.
Keyinroq O‘zbekiston Bosh prokuraturasi o‘zbek jurnalistning Turkiyada qo‘lga olinishida O‘zbekiston tomonining hech qanday aloqasi yo‘qligini hamda Abdukarim Mirzayevning hech qanday jinoiy ish bilan aloqasi bo‘lmagani va qidiruvdagilar ro‘yxatida ham yo‘qligini ma’lum qildi.
«Gazeta.uz»ning yozishicha, o‘zbek jurnalistining Turkiyada qamoqqa olinishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, #FreedomToAbdukarim, #freeAbdukariM heshteglari ostida o‘n minglab postlar, tvitlar qoldirildi. Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Turkiyaning taniqli shaxslari, siyosatchilariga murojaatlar yo‘llandi.
Nashrning Turkiyadagi muxbiri xabar berishicha, ayni vaqtda ushbu masalaga turk matbuoti ham e’tibor qaratgan, o‘zbek jurnalistining aybi isbotlanmagan bo‘lsa ham Migratsiya idorasining Deportatsiya markazida saqlab turilgani aytilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya Buyuk Millat Majlisining millat vakili (deputati) Mustafa Yenerog‘luning kotibiyatidan Abdukarim Mirzayevning advokatiga qo‘ng‘iroq bo‘lgan va zarur ma’lumotlar olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olindi

Zoir Mirzayev: «Go‘shtni Qashqadaryodan Toshkentga qonuniy yo‘l bilan yetkazib berishda kamchilik bor»

Koronavirus bilan qayta kasallanish sababi aniqlandi

Toshkent shahrida isitma bilan murojaatlar ko‘rsatkichi kamaygani aytildi

Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi

Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan