17:37 / 22.12.2020
1 807

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari uzaytirilmoqda

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari uzaytirilmoqda
Sud hukmi ustidan apellyatsiya shiyeoyatlari berish muddatlari uzaytiriladi. Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

"Jinoyat-protsessual kodeksida birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirilmoqda.

Bundan tashqari, apellyatsiya tartibida shikoyat berishning o‘tkazib yuborilgan muddatlarini tiklash asoslari kengaytirilmoqda. Xuddi shuningdek, kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari amaldagi 6 oydan farqli ravishda 1 yil etib belgilanmoqda.

E’tiborlisi, tiklanishi mumkin bo‘lgan muddatga chegara mavjud emas, taraflar har qancha muddat o‘tganidan keyin ham o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida sudga murojaat qilish huquqi saqlanib qolmoqda
", deydi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari uzaytirilmoqda