21:00 / 22.12.2020
2 063

1 mlrd. 119 mln. so‘mlik kredit qarzdorligi undirilib, sud qarori ijrosi ta’minlandi

1 mlrd. 119 mln. so‘mlik kredit qarzdorligi undirilib, sud qarori ijrosi ta’minlandi
Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlik har tomonlama qo‘llab quvvatlanmoqda.
Ayniqsa, ularni faoliyatini yanada kengaytirish, ish o‘rinlari tashkil etishlari uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berilmoqda. Hozirda bu kabi imkoniyatdan foydalanib, yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz ko‘plab topiladi.

Biroq, “gurunch kurmaksiz bo‘lmaganidek”, olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarmay kelayotgan ayrim tadbirkorlar ham uchrab turibdi.
Xususan, Navbahor tumanlararo Iqtisodiy sudining 01.12.2020 yildagi qarzdor “TIMUR SAYF AGRO” va qo‘shimcha javobgar “SHAXRIYOR AGROEXPORT” MCHJlardan AT “XALQ BANKI” foydasiga jami 1 mlrd. 119 mln. so‘m kredit qarzdorligi hamda davlat foydasiga 22 mln. 386 ming so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro ishi 04.12.2020 yilda Byuroning Navbahor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilib, qaror nusxasi taraflarga yuborildi. Jamiyat balansida bo‘lgan “Gul ko‘chatlarini yetishtirishga mo‘ljallangan gulbog‘xona” ajratilgan kreditning garovi sifatida qo‘yilgan bo‘lib, ushbu mulk realizatsiya qilishlik uchun xatlandi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 18.12.2020 yilda AT “XALQ BANKI”ga 1 mlrd. 119 mln. so‘m kredit qarzdorligi, davlat foydasiga esa 22 mln. 386 ming so‘mlik davlat boji amalda undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 mlrd. 119 mln. so‘mlik kredit qarzdorligi undirilib, sud qarori ijrosi ta’minlandi