20:00 / 23.12.2020
1 141

“Sud tizimidagi o‘zgarishlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Sud tizimidagi o‘zgarishlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Sir emaski, bugungi kunda sudlar faoliyati takomillashtirilib, yangi bosqichga chiqyapti. Bugun 23.12.2020 yilda Konimex tuman tibbiyot birlashmasida “Sud tizimidagi o‘zgarishlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi F.Qahorov sud tizimida bo‘layotgan yangiliklar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Tibbiyot birlashmasi xodimlariga sud tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ya’ni:
-01.01.2021 yildan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkazilayotganligi;
-sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish institutini tugatilayotganligi;
-O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o‘rinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqi bekor qilinayotganligi;
-2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha sudlarda sud majlislarini ish bo‘yicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish hamda sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantirish;
-2021 yil 1 iyuldan boshlab apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar o‘rtasida avtomatik ravishda taqsimlash;
-2021 yil 1 oktabrdan boshlab barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida «SMS» xabar orqali bepul asosda xabardor qilish;
-2022 yil 1 yanvardan boshlab sud qarorlarini ish bo‘yicha taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi bo‘yicha esa qog‘oz shaklida taqdim etish;
-2022 yil 1 iyulga qadar sud hokimiyati organlari faoliyatida, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida 10 ga yaqin interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
-2023 yil 1 yanvardan boshlab sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish kabi qator yangiliklar amalga oshirilishi haqida gapirib o‘tildi.


JIB Konimex tuman sudi raisi
F.Qahorov


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » “Sud tizimidagi o‘zgarishlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi