21:00 / 23.12.2020
2 194

Shifokorlar yangi yil sovg‘alari orqali COVID-19 yuqtirib olish mumkinligidan ogohlantirdi

Shifokorlar yangi yil sovg‘alari orqali COVID-19 yuqtirib olish mumkinligidan ogohlantirdi
Foto: «Moskva» AA
Yangi yil sovg‘alari koronavirus infeksiyasi tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti»ga rossiyalik shifokor-epidemiolog Olga Nenastina ma’lum qildi.

Uning aytishicha, virus pul hamda karton yuzalarida 24 soatgacha, plastik va metall buyumlarda esa uch kungacha yashashi mumkin. Koronavirus qattiq sirtlarda, shu jumladan, plastik va zanglamaydigan po‘latda uzoqroq yashashini ta’kidladi. «Shuning uchun savdo markazlarida sovg‘alar tanlashda, albatta, niqob va bir martalik qo‘lqopda bo‘lish kerak», — deb maslahat bergan shifokor.

Tibbiyot fanlari doktori, immunolog Vladislav Jemchugov sovg‘alarni xarid qilgandan so‘ng ularni dezinfeksiyalashni maslahat berdi. Agar bu mevalar yoki sabzavotlar bo‘lsa, unda ularni oqar suv bilan yaxshilab chayish kifoya, deb tushuntirgan Jemchugov.

Xabarda aytilishicha, kuni kecha Moskva Sog‘liqni saqlash boshqarmasining bosh infeksionisti Svetlana Smetanina COVID-19 tarqalishi sababli animatorlarni Yangi yilni nishonlashga taklif qilmaslikni tavsiya qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bayramga koronavirusga antitanaga ega qorbobo kelishi haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘ldi.

Smetanina animator bir kunda ko‘plab xonadonlarda bo‘lishi va virus uning kiyimida qolishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. «Shunday qilib, u sizga va sizning qarindoshlaringizga virusli infeksiyani olib kelish ehtimoli bor», — deb tushuntirgan bosh infeksionist.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokorlar yangi yil sovg‘alari orqali COVID-19 yuqtirib olish mumkinligidan ogohlantirdi