20:27 / 24.12.2020
5 544

Gulistondagi gumburlash va yer silkinishi sababi ma’lum bo‘ldi

Gulistondagi gumburlash va yer silkinishi sababi ma’lum bo‘ldi
Guliston shahrida joriy yilning 20 dekabr hamda 23 dekabr kunlari gumburlash va yer silkinishiga o‘xshash hodisalar ro‘y bergani haqida xabar berilgandi.

Unda vaziyatni batafsil o‘rganish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tezkor axborotnomalar yuborilgani, bu bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil qilinib, Gulistondagi yer silkinishi holatlarini o‘rganishni boshlagani aytilgandi.

O‘rganish xulosalari yuzasidan FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshlig‘i Qahramon Qo‘chqorov tomonidan onlayn brifing davomida barcha tafsilotlar ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston, Qirg‘iston va Tojikiston seysmik stansiyalardan olingan ma’lumotlar tahlili natijasida joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:33 daqiqa o‘tganda Guliston shahridan 8 kilometr janubi-g‘arbda magnitudasi — 3, chuqurligi yer yuziga yaqin bo‘lgan 5-10 kilometr atrofida zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i yer yuzasiga yaqin bo‘lgani sababli gumburlash ovozi eshitilgan.

«Nega aynan bu hodisaning qisqa hududda, Guliston shahri va uning atrofida sezilishining sababi — zilzila yer yuziga yaqin joyda sodir bo‘lgani bilan bog‘liq. Bu holatda uning tarqalish maydoni qisqa bo‘ladi. 23 dekabr kuni ham xuddi shunday magnitudasi 2,7 balli zilzila bo‘lgan. Zilzilaning yer yuziga yaqin bo‘lgani uchun bu safar ham gumburlash ovozi bilan kuzatilgan», — deydi Qahramon Qo‘chqorov.

Mutaxassisga ko‘ra, zilzila yer ostida qancha chuqurlikda sodir bo‘lsa, uning ta’sir doirasi shuncha keng bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulistondagi gumburlash va yer silkinishi sababi ma’lum bo‘ldi