1 231
Jizzax hokimligi buyurtmasini bajargan korxona hokimning qiziga tegishli ekani aytilmoqda

Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi 2020 yil noyabr oyida Jizzax shahri ko‘chalarini ko‘rkam qiyofaga keltirish va obodonlashtirish maqsadida Sharof Rashidov ko‘chasiga manzarali daraxtlar va mavsumiy gullar ekish (archa?) uchun buyurtmachilarni tanlab olish maqsadida tanlov e’lon qilgan. Qariyb 1 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasini «My Flower» MCHJ yutgan. Bu haqda Telegramdagi «davletovuz» kanali yozdi.
Qayd etishicha, mablag‘lar viloyat hokimi Saliyev Ergash Alibekovich farmoyishi bilan mahalliy budjetning oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan. Yana bir tarafi: hokim mazkur farmoyishni tasdiqlash uchun xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritishni birinchi o‘rinbosariga topshirgan.
2020 yilning fevral oyida esa Jizzax shahri ko‘chalariga mavsumiy gullar ekish ob’ekti bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda ham «My Flower» MCHJ pudratchi sifatida g‘olib bo‘ladi. Loyiha qiymati 1 mlrd 69 mln so‘m.
«My Flower» MCHJ kimga tegishli? 2019 yilning may oyida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mazkur tadbirkorlik sub’ektining 50,80% ulushiga Saliyeva Nargiza Ergashevna (Saliyeva Nargiza Ergashevna), 49,20%iga esa Xolmo'minov Zohidjon Xolmurod o'g'li (Xolmo‘minov Zohidjon Xolmurod o‘g‘li) egalik qiladi. Korxona gullar va ularning urug‘larini yetishtirish bilan shug‘ullanadi.
![]()
«Bizda tasodiflar bo‘lmaydi. Budjet puli sarfi hokimlarning qo‘lida. Hokimlar esa kimgadir ota, aka, uka, o‘g‘il. Pul va qarindoshning begonasi bo‘lmaydi», deb yozadi bloger. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Zarbdor tumani hokimi Zafar Ro‘ziyev Captiva xizmat mashinasi bo‘la turib, 370 million so‘mga Trailblazer sotib oldi

Mirishkor hokimi mahalla raislarini so‘kdi: Viloyat hokimligi munosabat bildirdi

Qashqadaryoning sobiq hokimi Zarbdor tumaniga hokim bo‘ldi

Zoyir Mirzayev Sharof Rashidov tumaniga hokim bo‘ldi

Mirzachoʻl tumani hokimi Jizzax viloyati hokimiga oʻrinbosar etib tayinlandi

Jizzax viloyatiga hokim tayinlandi