17:50 / 25.12.2020
4 686

Sud tizimi rivojlanishining yangi bosqichi

Sud tizimi rivojlanishining yangi bosqichi
Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyev tomonidan so‘nggi uch yil ichida mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash, sudlar mustaqilligini amalda ta’minlash bo‘yicha bir nechta Farmon va Qarorlari qabul qilindi.

Sud-huquq tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, 2017-2021 yillarda mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida ham belgilab qo‘yildi.
Biz bilamizki, sud tizimida avval sud hokimiyatining ikkita oliy organi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudlari mavjud edi, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan Oliy xo‘jalik sudi tugatilib, sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi hamda sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi.

Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda ko‘rish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda ta’minlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida, Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 24 iyulda qabul qilingan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, sud-huquq tizimidagi islohotlarni davom ettirish yo‘lidagi yana bir muhim hujjat bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:
- viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish;
- ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkazish;
- ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tugatish. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari saqlab qolinishi;
- Amudaryo, Nurobod, Boysun va Pastdarg‘om tumanlari iqtisodiy sudlarini tugatish;
- fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudini, fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut, So‘x, Xatirchi, Paxtakor tumanlari sudlarini, Pastdarg‘om tumanlararo iqtisoliy sudini, jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘zatov, Taxiatosh, Bandixon, Tuproqqal’a tumanlari sudlarini tashkil etish;
- Shuningdek, Farmon bilan sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish institutini tugatish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o‘rinbosarlarini sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlarini ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilish;
- Jinoyat ishlarini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishini umumiy tartibda ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichini kiritish haqidagi taklif ham ma’qullandi.

Farmonga asosan, qabul qilinadigan yangi qonunlar sud himoyasini ta’minlashdagi ortiqcha byurokratik to‘siqlar olib tashlash, sud qarorlarini qayta ko‘rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlaridan voz kechish, investorlar huquqlarini sud himoyasida bo‘lishini ta’minlash va sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lishiga xizmat qiladi.

J.Karimov, jinoyat ishlari bo‘yicha
Navoiy viloyati Karmana tuman sudi raisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud tizimi rivojlanishining yangi bosqichi