08:39 / 26.12.2020
2 297

Shavkat Mirziyoyev: «Jurnalist va blogerlarning ovozini eshitishga majburmiz»

Shavkat Mirziyoyev: «Jurnalist va blogerlarning ovozini eshitishga majburmiz»
2020 yilning 25 dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlari forumida Shavkat Mirziyoyev OAV va ochiqlik siyosati haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Bugun men aytib o‘tgan oilaviy ajrimlar, ma’naviyat, ma’rifat, internet bo‘yicha muammolar ko‘p. O‘zbekiston endi ochildi, orqaga yo‘limiz yo‘q. Yana bir marta ta’kidlamoqchiman, ommaviy axborot vositalari to‘rtinchi hokimiyat bo‘lish nuqtai nazaridan kimgadir yoqmaydi. Ammo oxirgi bir yil ichida jurnalistlar, blogerlar va yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan ovozlari bizning islohotlarimiz va qarorlarimizga katta ko‘mak beryapti, bu haqiqat. Yoqadimi, yoqmaydimi, ularni eshitishga majburmiz. To‘g‘risini eshitib, xulosa chiqaramiz, noto‘g‘risini to‘g‘ri yo‘lga solish burchimiz, vazifamiz. Bitta narsani hammalaringiz bilinglar, bizga tinchlik, osoyishtalik kerak», dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Jurnalist va blogerlarning ovozini eshitishga majburmiz»