1 495
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzax hokimi va uning qiziga tegishli ishni o‘rganmoqda

Kuni kecha tarmoqda Jizzax viloyati hokimi farmoyishi va uni bajarish viloyat rahbari qiziga tegishli korxonaga yuklatilgani bilan bog‘liq xabarlar tarqalgandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur voqea yuzasidan bayonot berdi.
«Davlat xaridlari sohasidagi shartnomalarning ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinishi natijasida tizim shaffoflashdi.
Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamda faol fuqarolar sa’y-harakatlari tufayli mazkur sohadagi korrupsion va manfaatlar to‘qnashuvi aks etgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar ham yuzaga chiqmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi Jizzax shahrini obodonlashtirish maqsadida o‘tkazgan tanlovi masalasi qator muhokamalarni keltirib chiqardi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘z vakolatlari doirasida mazkur holat bo‘yicha o‘rganishni boshladi.
O‘rganishlar natijalari bo‘yicha OAV va keng jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi» - deyiladi agentlik xabarida.
Bundan tashqari Agentlik tomonidan davlat xaridlari sohasida uchrayotgan tizimli qonun buzilish holatlari tahlilidan kelib chiqqan holda mazkur jarayonda yuzaga kelayotgan korrupsion holat va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi va javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadigan takliflar ishlab chiqilayotgani ma’lum qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

“Jizzax Petroleum”ning 2 nafar xodimiga ish haqlari undirib berildi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda yo‘l chetida savdo qilayotgan bola jarohatlandi

Jizzaxdagi qurilishda ishlaydigan 23 yoshli yigit o‘zini kranga osib qo‘ydi

Bandlik agentliklari nega litsenziyadan ayrildi?

Jizzaxdagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

Hoyu-havas vasvasasi (video, 1-qism)