1 507
Rossiyaga ishlashga ketmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga patent olish jarayoni osonlashtiriladi

Foto: EPA
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Pasport-viza xizmati hamda Moskva shahrining Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.
«Dunyo» AAning xabar berishicha, hujjatlar 24 dekabr kuni bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiyaning Moskvaga tashrifi doirasida imzolangan.
«Ushbu hujjatlarni imzolashdan maqsad Rossiya hududida mehnat qilish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda chiqish jarayonlarini soddalashtirishdan iborat», — deyiladi xabarda.
Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistonda migratsiya markazlari ofislari ochiladi. Bu esa fuqarolarining Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsat olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda vaqt va xarajatlar qisqaradi.
Sentabr oyida Shavkat Mirziyoyev «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi. Unda 2021 yil 1 yanvarga qadar Rossiya IIVning pasport-viza xizmati vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlarini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Yekaterinburg, Novosibirsk, Samara, Ufa, Chimkent va Istanbul shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mehnat vazirligi Janubiy Koreyada ishlashni xohlovchilar uchun talablarni e’lon qildi

O‘zbekistonda ilk bor xorijda ishlash istagida bo‘lganlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Xorijga ishlashga ketayotgan o‘zbekistonliklarga 2 million so‘mgacha qarz beriladi

TIV Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

Endi O‘zbekistonda turib, Rossiyada ishlash uchun patent olish mumkin

O‘zbekiston va Rossiya mehnat migrasiyasi bo‘yicha ikkita kelishuv imzolaydi