15:47 / 26.12.2020
3 389

Qovunni qishga saqlashning beshariqcha usuli

Qovunni qishga saqlashning beshariqcha usuli
Beshariq tumanining Chinobod qishlog‘i ahli qovunni qish-bahor mavsumi uchun saqlash va ulkan daromad olish borasida katta hayotiy tajribaga ega. Chinobodning deyarli barcha xonadonlarida «qovunxona» deya ataluvchi qo‘lbola usulda qurilgan mo‘’jazgina imoratlar bor. Tabiiy muzlatgichli omborxonalarda o‘rik gullagan bahor faslida ham sarxil poliz mahsulotlari saqlanadi.

Bobosi va otasidan meros kasbni hamqishloqlariga o‘rgatib keladigan Faxriddin Nasriddinovning qayd etishicha, qovunxona devorlari oddiy xom g‘ishtdan tiklanadi. To‘rt tomonga eshiklar qurilib, devorlar va tomga ichkarida havo bir me’yorda aylanishini ta’minlovchi tuynuklar qo‘yiladi. Qovunlar ostiga mayin qum to‘shalishi bois u namlikdan saqlaydi.

Bu yil 2 gektar yerga «Gulobi», «Qirqma», «Bedana to‘n», «Kampir chopon», «Tulki burun» singari qishda ham sifatini yo‘qotmaydigan qovun navlarini ekkanmiz, — deydi u. — Shaxsan o‘zim qamish belbog‘ bilan bog‘lab, qovunxonamda 5 mingdan ortiq qovun saqladim.

Faxriddin Nasriddinovlar oilasi o‘tgan yili qovundan 50 million so‘m daromad olgan. Bu yil daromad salmog‘i yanada yaxshi bo‘lishi kutilmoqda.

B. Madiyorov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qovunni qishga saqlashning beshariqcha usuli