Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida qurilgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur ko‘cha “Toshkent-Angren” temir yo‘li bilan kesishgan. Buning ustiga tor bo‘lib, avtomobillar harakatiga qiyinchilik tug‘dirardi.
Qayd etilishicha, Qipchoq ko‘chasi 6 qatorli qilib kengaytirilib, temir yo‘l ustidan o‘tuvchi 772 metrlik ko‘prik barpo etildi. Uning estakada qismi 445, eni – 28 metr.
Davlat rahbari ob’ektning sifati, shaharda transport tizimini yaxshilashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi, deyiladi xabarda.
Ko‘prik soatiga 12 mingtagacha avtotransport vositalarini uzluksiz o‘tkazish imkoniyatiga ega. U poytaxtdagi ikkita yirik ko‘cha – Yangi Sergeli aylanma yo‘li bilan Toshkent halqa yo‘lini bog‘laydi. Bu haydovchilar uchun ancha qulaylik yaratadi, minglab transport vositalari oqimini o‘ziga olib, boshqa ko‘chalardagi tirbandlikni kamaytiradi.
- Pandemiya boshlanganda biz undan kuchli, qudratli bo‘lib chiqamiz deb maqsad qo‘ygan edik, - dedi Shavkat Mirziyoyev toshkentlik faollar bilan suhbatda. - Hammamiz ko‘ryapmiz dunyoda nimalar bo‘layotganini. Boshqa mamlakatlarda qurilishlar to‘xtab qolgan holatlar ham bo‘ldi. Xalqimiz tartib-intizom, birdamlik bilan barcha rejalarini ro‘yobga chiqarmoqda. Biz hamjihatlikda ko‘p narsalarga qodirmiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 4 iyun kuni Toshkent shahrining Cho‘ponota ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li kesishmasida quriladigan ko‘prik loyihasi bilan tanishgan edi. Kelgusida yangi yo‘l barpo etilib, Qipchoq ko‘chasidagi mazkur ko‘prikka tutashadi.
Shu yerda Turkiyaning “Kalyon” kompaniyasi bilan hamkorlikda poytaxtimizdagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, transport va yo‘lovchilar harakati uchun qulayliklarni oshirish loyihalari muhokama qilindi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi