19:19 / 28.12.2020
3 387

Saida Mirziyoyeva xayriya aksiyasini e’lon qildi

Saida Mirziyoyeva xayriya aksiyasini e’lon qildi
Saida Mirziyoyeva barcha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari uchun aksiya e’lon qildi.
«Ko‘ngil ko‘zi» Yangi yil xayriya aksiyasi doirasida uch mingdan ortiq ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi.

«Bizning tomonimizdan tekshiruv natijasiga ko‘ra ko‘rishni yaxshilash imkoni mavjudligi aniqlangan har bir bolaga yordam ko‘rsatiladi», — deya o‘z telegram kanalida ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun: «Ko‘ngil ko‘zi» xayriya aksiyasi 2019 yilning mart oyida o‘z faoliyatini boshlagan. U ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ta’limi, ularning ma’naviy va ruhiy rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, kelgusi hayotga va jamiyatga moslashishi uchun yo‘naltirilgan.

Loyiha doirasida brayl shriftida darslik nashr etish yo‘lga qo‘yildi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ehtiyojlariga ixtisoslashtirilga kompyuter markazi yaratildi, barcha maktab-internatlarning texnik bazasi rivojlantirildi, va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqa kichik loyihalar amalga oshirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva xayriya aksiyasini e’lon qildi