O‘zbekiston Respublikasi DXX hamda IIV xodimlari «COVID-19» kasalligini aniqlashda PZR-test ma’lumotnomalarini soxtalashtirib, «Toshkent» xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga sotish bilan shug‘ullanuvchi guruhni fosh qildi.
Ya’ni «Toshkent — Moskva» yo‘nalishida uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekshirilganida ularning PZR-test ma’lumotnomalari soxta ekani aniqlandi.
Tezkor harakatlar davomida, mazkur shaxslar «COVID-19» kasalligini aniqlash bo‘yicha test topshirmasdan, ushbu soxta ma’lumotnomalarni Buxoro viloyatida tug‘ilgan «Q.E.» va Xorazm viloyatida tug‘ilgan «M.M.»lardan sotib olganliklari ma’lum bo‘lgan.
Ushbu «uddaburonlar»ga soxta ma’lumotnomalarni Toshkent shahrida yashovchi «M.N.» va «K.A.»lar tayyorlab, yetkazib turishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

DXX xorijiy valyuta bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi

IIV O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan viloyatlar ro‘yxatini e’lon qildi

Namanganda «mijoz» abituriyentlar o‘rniga test sinovlariga kirishga uringan talabalar qo‘lga tushdi

Buxoroda «soxta» hokimiyat xodimasi firibgarlikda ayblanmoqda

Soxta hujjat tayyorlab, qaynakasining uyini sotib yuborgan ayol fosh etildi

Yuridik universitet qabul komissiyasi abiturientlarga soxta tibbiy ma’lumotnomalar sotilganini aniqladi