15:46 / 29.12.2020
2 132

2020 yil O‘zbekistonda qanday kadrlar almashinuvi yuz berdi?

2020 yil O‘zbekistonda qanday kadrlar almashinuvi yuz berdi?
2020 yilda mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarida ko‘plab tayinlovlar yuz berdi, deya ma’lum qilmoqda «Yuksalish» umummilliy harakati.

Masalan, yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga Rahmat Mamatov vazir etib tayinlandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining ikki nafar o‘rinbosari — Boriy Alixonov va Narimon Umarovlar senator bo‘lishdi.

Joriy yilda yuqori lavozimlarga tayinlangan ayollar soni ham oshdi. Xususan, Feruza Mahmudova O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, Shahlo Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari, Umida Tuxtasheva esa Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2020 yil O‘zbekistonda qanday kadrlar almashinuvi yuz berdi?