20:20 / 29.12.2020
1 861

Hindiston elchisi: Prezident tomonidan e’tirof etilgan islohotlar aholi farovonligini yangi bosqichga ko‘taradi

Hindiston elchisi: Prezident tomonidan e’tirof etilgan islohotlar aholi farovonligini yangi bosqichga ko‘taradi
Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabhat «Dunyo» AA muxbiriga bergan intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Oliy Majlisiga yo‘llagan Murojaatnomasining asosiy jihatlarini sharhladi.

Men Prezident nutqini katta e’tibor bilan tingladim. O‘zbekiston rahbari Murojaatnomasining diqqat markazida islohotlar mavzusi turdi. Innovatsiyalar, ta’lim, yoshlar siyosati, huquqiy soha, iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi islohotlar shular jumlasidandir. Prezident tomonidan e’tirof etilgan islohotlar aholi farovonligini yangi bosqichga ko‘taradi.

So‘nggi 3-4 yil davomida O‘zbekiston xalqaro ko‘lamda mavqeini sezilarli darajada yuksaltirishga erishdi. Mamlakat BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘ldi, ommaviy axborot vositalari erkinligi sohasidagi vaziyat ham yaxshilandi.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirganda, men yaqinda bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat yetakchilarining onlayn-sammiti, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi keng hamkorlik dasturi mavjudligini ta’kidlamoqchiman. Hindiston har doim yaqin do‘sti bo‘lgan O‘zbekistonga izchil islohotlarni amalga oshirish jarayonida yordam berishga tayyor
.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hindiston elchisi: Prezident tomonidan e’tirof etilgan islohotlar aholi farovonligini yangi bosqichga ko‘taradi