23:43 / 29.12.2020
1 855

Adliya vazirligi: tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi

Adliya vazirligi: tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi
Joriy yilning 28 dekabr kuni Adliya vazirligida “Pandemiya 2020: chaqiriqlar, xulosalar, oqibatlar” va “Huquq bilimdonlari” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirok etdi.

Ta’kidlangandek, COVID-19 pandemiyasi 2020 yilda aksariyat mamlakatlari kun tartibidagi asosiy masalaga aylandi. Ekspertlarning fikricha, pandemiya nima bilan tugashi haqida bir nima deyish qiyin. Noma’lumlik sharoitida media hamjamiyat vakillari epidemiyani yoritishda ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldilar.

Feyk xabarlarga qarshi kurashish, jurnalist va blogerlarning salomatligi xavfining kamayishi, vahimadan qochish, axborot manbalari maxfiyligini saqlash masalalari shular jumlasidandir. JSST Bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus joriy yilning fevral oyida xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida qayd etganidek, “Biz nafaqt epidemiyaga qarshi, balki shuningdek, infodemiyaga qarshi ham kurashmoqdamiz”.

Ushbu yo‘nalishda jurnalistlarga ko‘mak berish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda qator seminarlar tashkil etildi. Xususan, joriy yilning iyun oyida “OAVda favqulodda vaziyatlarni yoritishning huquqiy jihatlari” nomli, avgustda esa “Koronavirus va axborot: etika, huquq va xolislik” mavzusida vebinarlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, pandemiya davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini doimiy yuksaltirib borish, fuqarolarda qonunga itoatkorlik ruhini targ‘ib qilish, bu sohada mavjud muammolarga qarshi kurashda jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik faollarining ta’siridan unumli foydalanish maqsadida joriy yilning oktabr oyida “Pandemiya 2020: chaqiriqlar, xulosalar, oqibatlar” nomli tanlov e’lon qilindi.

Tanlovda ommaviy axborot vositalarida faoliyat yurituvchi jurnalistlar, erkin jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik faollari ishtirok etdi. 2020 yilning 30 noyabr kuni soat 24:00 ga qadar 69 nafar ishtirokchidan 461 ta material kelib tushdi. Shundan 120 tasi televideniye, 56 tasi radio, 51 tasi matbuot hamda 234 tasi internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan materiallardir.

Tanlovga kelib tushgan materiallar Komissiya a’zolari tomonidan adolatli va haqqoniy ravishda bir nechta mezonlar asosida, jumladan materialning to‘g‘ri va xolisligi, mazmuni va ta’sirchanligi, dolzarbligi, sodda va tushunarli ekanligi hamda ma’lumotlardan unumli foydalanilganlik darajalari asosida baholandi.

“Pandemiya 2020: chaqiriqlar, xulosalar, oqibatlar” tanlovi bo‘yicha g‘oliblar:
I. Pandemiya davrida eng yaxshi jurnalistik material:
1-o‘rin — Asror Muminov (matbuot);
2-o‘rin — Yulduz Olimova (televideniye);
3-o‘rin — Dildora Matyoqubova (radio).

II. Pandemiya davrida eng yaxshi blogpost:
1-o‘rin — Anora Sodiqova;
2-o‘rin — Obidjon Latipov;
3-o‘rin — Baxodir Axmedov.

G‘oliblar homiylar tomonidan ajratilgan quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – noutbuk;
2-o‘rin – planshet;
3-o‘rin – televizor.

“Adliya e’tirofi” nominatsiyasida “Gazeta.uz” axborot sayti g‘olib deb topildi. Ushbu internet-OAV pandemiya davrida aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga hamda jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy-tahliliy materiallar tayyorlagashda faol bo‘lgan.

Shuningdek, marosimda Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishlariga qiziqtirish maqsadida joriy yil 12 oktabr kuni start berilgan “Huquq bilimdonlari” tanlovining g‘oliblari taqdirlandi.

Adliya vazirligi fuqarolarimizni jamiyat hayotida ijtimoiy faol bo‘lishga, huquqiy bilimlarini muntazam ravishda oshirish orqali jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga chorlab qoladi. Zero, huquqni bilish — foydali.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi: tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi