17:47 / 30.12.2020
1 284

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli fuqarolar soni qancha kishini tashkil etmoqda?

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli fuqarolar soni qancha kishini tashkil etmoqda?
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2020 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri ish beruvchi vazifasini ham bajargan. Vazirlik o‘tib borayotgan yilning o‘tgan 11 oyi davomida hududlar bo‘ylab qariyb 1 mln fuqaroning bandligini ta’minlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan. BMM vaziri Nozim Husanov “Monomarkaz”da tashkil etilgan matbuot anjumanida shu haqda ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, pandemiya sharoitida ko‘plab fuqarolar doimiy ish joylarini yo‘qotganlari uchun vaqtinchalik haq to‘lanadigan jamoat ishlari turlari ko‘paytirilgan. Bunda noan’anaviy va nostandart ish turlariga e’tibor qaratilgan.

Umuman olganda, 2020 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston mehnat resurslari soni 19 121,3 ming kishini tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 100,7 foizga yoki 135,5 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 205,2 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 3 foizga (403,5 ming kishiga) kamaygan bo‘lsada, lekin joriy yilning birinchi yarmiga nisbatan 3,7 foizga (468,5 ming kishiga) oshgan.

Hisobot davrida rasmiy sektorda band aholi soni 5 673,8 ming kishini joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan tashkil qilib, 1,7 foizga yoki 92,6 ming kishiga oshdi. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 618,8 ming kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 9,9 foiz yoki 504,2 ming kishiga ortgan. Respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 1 912,6 ming kishini tashkil etgan, bu joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 128,3 ming kishiga yoki 6,3 foizga kamaygan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, joriy yilning 11 oyi, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida 317,4 ming ishsiz fuqaro (shundan 276.1 ming nafar ayollar, 175,2 ming nafar yoshlar) jamoat ishlariga jalb qilingan hamda ularning to‘lovi uchun jamg‘armadan 479,8 mlrd berildi.

Bundan tashqari, Xitoy tajribasi bo‘yicha bugungi kunda Respublika bo‘yicha 443ta kooperativ tashkil etilib, kooperativlarga hududlardagi 21.1 ming nafar ishsiz, kam ta’minlangan kambag‘al oila a’zolari biriktirildi va ularga kooperativlarning ustav fondiga a’zolik sifatida 47,5 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi. Shuningdek, shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun 32,5 ming kam ta’minlangan, "temir daftar"ga kiritilgan oilalarga yengil tipdagi issiqxona qurish, shaxsiy dala tomorqasida urug‘lar va ko‘chatlar hamda sug‘orish uchun suv nasoslari xarid qilish maqsadida qilish uchun 93,8 mlrd so‘m berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)