10:56 / 02.01.2021
1 543

Andijonda xo‘roz urishtirganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda xo‘roz urishtirganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida to‘rt nafar fuqaro tomonidan Toshkon ko‘chasida pul tikib, xo‘roz urishtirish o‘yini tashkillashtirilganligi aniqlanib, o‘yin tashkilotchilari ushlandi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Andijon viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2020 yil 20 dekabr kuni soat 18:00 da fuqarolar M.A., Yu.O., B.Sh. hamda I.T. 100 ming so‘mdan pul tikib, xo‘roz urishtirayotganda qo‘lga olingan. O‘rtaga tashlangan 386 ming so‘m pul va 5 dona xo‘roz daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Surishtiruvlar davomida ushbu shaxslar mavsumiy ish bilan shug‘ullanishi, xo‘roz o‘yinidan esa qo‘shimcha daromad topishni maqsad qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, shu jumladan, ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda xo‘roz urishtirganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi