O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari 11 yanvar kunidan an’anaviy ta’limga qaytadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tayotgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ma’lum qildi.
«Barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021 yil 11 yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi.
Ayrim kasal talabalar yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etiladi», deydi vazirlik vakili.
Tadbirda ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanishi ma’lum qilindi.
«Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda o‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqadigan bo‘lsak, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim», degan vazirlik vakili.
Ma’lumot uchun, 2020 yil 16 noyabrdan O‘zbekistonda barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklda tiklana boshlagandi. Bungacha talabalarning o‘zi an’anaviy yoki onlayn ta’lim shaklini tanlashi mumkin edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

16 yanvardan OTMlarda an’anaviy darslar boshlanishi rostmi?

Talabalar 16 noyabrdan an’anaviy o‘qishga qaytmoqda. Buning uchun qanday choralar ko‘riladi?

Har bir OTMda tezkor shtab tashkil etiladi

Talabalar uchun an’anaviy o‘qishlar boshlanadi

OTMlarda an’anaviy ta’limga ruxsat beriladi

Oliy ta’limda yangi o‘quv yili onlayn tarzda yo‘lga qo‘yiladi