09:00 / 05.01.2021
2 099

Qashqadaryoda talonchilar 32,5 mln so‘m va 700 dollarni tortib olganini aytgan fuqaro yolg‘on ko‘rsatma bergani aniqlandi

Qashqadaryoda talonchilar 32,5 mln so‘m va 700 dollarni tortib olganini aytgan fuqaro yolg‘on ko‘rsatma bergani aniqlandi
Qashqadaryoda katta miqdordagi pulini tunab ketishganini aytgan fuqaro voqeani o‘zi to‘qib chiqargani aniqlandi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 25 dekabr kuni taxminan soat 00:30 da Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Zilolbuloq ko‘chasida yashovchi Oybek X. IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Uning murojaatida aytilishicha, «Shaxrisabzfarm» MCHJga qarashli bo‘lgan Damas rusumli avtomashinani Boysun tumani «Munchoq» mahallasi hududidan o‘tuvchi M–39 yo‘lining 1360 kilometrida boshqarib ketayotgan vaqtida Cobalt avtomashinasida bo‘lgan 2 nafar noma’lum shaxs avtomashinani to‘xtatgan.

Ular haydovchi avtomashinani qulflab olgani sababli Damas oynalarini sindirib, haydovchiga zo‘rlik ishlatib, 32 500 000 so‘m va 700 AQSH dollar pul mablag‘larini tortib olishgan.

Mazkur holat yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «g» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov harakatlari natijasida jabrlanuvchining murojaatida ko‘rsatilgan jinoiy holat sodir etilmagani, u avtomashinada korxonaga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini o‘zlashtirib olish maqsadida talonchilik holatini to‘qib chiqargani va avtomashina oynalarini o‘zi sindirib, pul mablag‘larini yashirib qo‘ygani va IIBga jinoyat sodir etilganligi haqida yolg‘on xabar bergani aniqlangan.

Tergov jarayoni Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandidan (talonchilik) 237-moddasi 1-qismiga (yolg‘on xabar berish) qayta malakalangan. Oybek X.ning ko‘rsatuvlari hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirilib, tekshiruv davomida Oybek X. tomonidan yashirib qo‘yilgan pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Oybek X. Jinoyat kodeksining 237-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda talonchilar 32,5 mln so‘m va 700 dollarni tortib olganini aytgan fuqaro yolg‘on ko‘rsatma bergani aniqlandi