11:27 / 06.01.2021
1 655

Navoiyda «Matiz» yo‘ldan chiqib, ag‘darilishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Navoiyda «Matiz» yo‘ldan chiqib, ag‘darilishi oqibatida bir kishi vafot etdi
3 yanvar Tomdi tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida avtohalokat sodir bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi M.O. «Matiz» avtomashinasida tezlikni me’yoridan oshirgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Ehtiyotsizlik sababli mashina yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan.

Ayanchli avtohalokatda haydovchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tan jarohatlari olib, Tomdi tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro S.K. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Tomdi tuman IIB tomonidan M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda «Matiz» yo‘ldan chiqib, ag‘darilishi oqibatida bir kishi vafot etdi