07:30 / 07.01.2021
3 545

Urganch markazida Jaloliddin Manguberdi haykali va tunnel quriladi

Urganch markazida Jaloliddin Manguberdi haykali va tunnel quriladi
Kadr: Videodan skrinshot
Urganch shahrining markaziy maydoni yangidan quriladi, deya xabar berdi Xorazm viloyati hokimligi. Ta’kidlanishicha, maydon markazida 25 metrli Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatiladi. Maydon ostidan esa avtomobil tunneli o‘tkaziladi.

Ma’lum qilinishicha, bu g‘oya Prezidentning tashabbusi bo‘lib, bosh maydon ostidan o‘tkazilgan mamlakatdagi ilk tunnel bo‘ladi.

Kadr: Videodan skrinshot
Tunnel aeroport va temir yo‘l vokzalini bog‘lab turuvchi Al-Xorazmiy ko‘chasidan va Qirg‘izyop kanali ostidan o‘tadi.

Kadr: Videodan skrinshot
Tunnel qurilishi munosabati bilan shaharning bir qator ko‘chalari va chorrahalarida transport harakatini tashkil etish qayta ko‘rib chiqiladi. Loyihani qachonga yakunlash rejalashtirilgani va uning qiymati qanchaligi haqida ma’lumot berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganch markazida Jaloliddin Manguberdi haykali va tunnel quriladi