14:44 / 07.01.2021
3 828

Buxoroda ijara uyda fohishaxona tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi (foto)

Buxoroda ijara uyda fohishaxona tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi (foto)
Foto: Buxoro viloyat IIB
Buxoro shahridagi ko‘p qavatli uyning bir nechta xonadonini vaqtincha ijaraga olib, turli toifadagi shaxslarning xufiyona uchrashuviga sharoit yaratib bergan ayol jinoyat ustida qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Buxoro tumanida yashovchi 50 yoshli ayol G.G. Buxoro shahridagi Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birining 4 ta xonadonini vaqtincha ijaraga olgan va ushbu xonadonlarda fuqarolarning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib, fohishaxona sifatida foydalanib kelgan.

Foto: Buxoro viloyat IIB
Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo‘limiga kelib tushgan aholi murojaatiga ko‘ra, viloyat IIB xodimlari tomonidan «Oriyat» profilaktik tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro G.G.ning xonadonlaridan birida soat 23:00 da fuqarolarning jinsiy aloqa qilishi uchun shart-sharoit yaratib berilayotgani aniqlangan. Xonadondagilar tezkor xodimlar tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay, ishratxona eshigini ochmagan. Shundan so‘ng organ vakillari eshikni buzib kirishga majbur bo‘lgan.

Foto: Buxoro viloyat IIB
G.G. nomiga olingan ushbu xonadon 1989 yilda tug‘ilgan A.B. hamda 1997 yilda tug‘ilgan R.X.larning jinsiy aloqa qilishi uchun 7 soatga 100 ming so‘mga berilgani ma’lum bo‘lgan. Oldindan tayyorlab qo‘yilgan xonadonlarning ikkinchisi esa 2000 yilda tug‘ilgan D.Yu. va 1999 yilda tug‘ilgan A.G‘.larning jinsiy aloqa qilishi uchun 300 ming so‘mga berilgani aniqlangan.

G.G.ning qilmishi tezkor xodimlar tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi, «b» bandi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqilib, sud muhokamasiga yuborilgan.

Foto: Buxoro viloyat IIB

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda ijara uyda fohishaxona tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi (foto)