23:56 / 07.01.2021
2 815

Harbiy parad minglab yoshlarni birlashtirdi (foto)

Harbiy parad minglab yoshlarni birlashtirdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Muborak shahrida harbiy parad tashkil etildi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi, Muborak tuman hokimligi, Qashqadaryo viloyat Ichki Ishlar bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan hamkorlikda o‘tgan tadbir tuman yoshlari qalbidagi vatanparvarlik hislarini yanada jonlantirdi.


Eng oldinda Davlatimiz ramzi sanalmish bayrog‘imizni hilpiratgancha o‘tgan harbiy va avtomobil texnikalar, turnaqator bo‘lib saf tortib borayotgan qurollangan harbiy xizmatchilarni kuzatgan tuman aholisi va yoshlar ular ortidan ergashdi. Harbiy parad shahar markazidagi katta bayram dasturiga ulanib ketdi. Unda yoshlar o‘zlarining bayramona chiqishlarini yig‘ilganlarga havola etishdi.


Harbiy xizmatchilar tomonidan ijro etilgan qo‘l jangi va qurol bilan ko‘rgazmali chiqishlar barchada iliq taassurot qoldirdi.


Respublikamizning barcha go‘shalarida harbiylar tomonidan «Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha» shiori ostida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar ertamiz egalarining harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishlarini hamda Vatanga bo‘lgan muhabbatlarini oshirishda ahamiyatlidir.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Harbiy parad minglab yoshlarni birlashtirdi (foto)