00:17 / 09.01.2021
5 444

Toshkentda karate uslubini ko‘rsatgan qiz o‘ldirildi

Toshkentda karate uslubini ko‘rsatgan qiz o‘ldirildi
Foto: Tergov departamenti
2020 yilning 23 dekabr kuni soat 09:03 da Yashnobod tumanida noma’lum ayolning murdasi topildi. Tergov departamenti xabariga ko‘ra, tekshiruv harakatlari natijasida murdaning shaxsi aniqlanib, u 31 yoshli Darya K. ekanligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, 22 dekabr kuni soat 16:30 larda Darya K. tanishlari Aleksandr K. va Vladimir A.lar bilan Aleksandr K.ga tegishli uyda tibbiyot spirtini iste’mol qilishgan. So‘ngra Darya K. mast holatda bo‘la turib, Vladimir A.ga karate uslublarini ko‘rsatishni boshlaydi.

Shu vaqtda Darya K. Vladimir A.ga bexosdan jarohat yetkazadi. Vladimir A.ning jahli chiqib, yonidagi oshxona pichog‘i bilan ikki marta Daryaning ko‘krak qismiga jarohat yetkazgan.

Vladimir A. tan jarohatlari bilan xonadondan chiqib ketgan Daryaning ortidan borib uzr so‘raydi va qo‘lidagi spirtli ichimlik bilan mehmon qilishini aytib uni ortiga qaytaradi. Ertalab qiz o‘lik holda topilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Vladimir A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «D» bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Vladimir A. jinoyat ishiga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tariqasidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda karate uslubini ko‘rsatgan qiz o‘ldirildi