Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida YPX avtomashinasi YTHga uchragani haqida xabar tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 yanvar kuni soat 00:20larda, Toshkent shahar Yashnobod tumani Pahlavon Mahmud ko‘chasida haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi O.I. "Lasetti" rusumli maxsus xizmat avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytiladi. Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lib, belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakatlanishni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi