15:30 / 09.01.2021
2 247

2020 yil O‘zbekistonga qancha sayyoh kelganligi ma’lum qilindi

2020 yil O‘zbekistonga qancha sayyoh kelganligi ma’lum qilindi
Qayd etilishicha, bu haqda “Sport va turizmni sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2020 yilda amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy-tahliliy natijalari hamda 2021 yilgi ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan brifingda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qilgan.

«Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimizda turizm sohasi eng jiddiy zarar ko‘rgan sohalardan biri bo‘ldi. 2020 yilda jami 1 mln 504 ming turist tashrif buyurdi. Bunda 261 million AQSH dollari miqdorida turizm xizmatini ko‘rsatdik»,- dedi Abduhakimov.

Bosh vazir o‘rinbosarining aytishicha, bu ishlar O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelgunga qadar amalga oshirilgan.

2021 yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yo‘nalish bo‘yicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshirish, ziyorat turizmiga ko‘proq e’tibor qaratilishi maqsad qilingan.

2021 yilda O‘zbekistonga 1 mln 700 ming nafar xorijiy turistlar tashrifini ta’minlash bo‘yicha reja qilingan. Buning natijasida turizm xizmatlari eksporti 370 mln dollarga yetkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2020 yil O‘zbekistonga qancha sayyoh kelganligi ma’lum qilindi