07:20 / 10.01.2021
2 326

11 yanvardan barcha maktablarda o‘qish to‘liq an’anaviyga o‘tkaziladi

11 yanvardan barcha maktablarda o‘qish to‘liq an’anaviyga o‘tkaziladi
2020-2021 o‘quv yilining birinchi yarim yilligida o‘quv jarayoni yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, ota-onalarning ixtiyoriga ko‘ra an’anaviy va masofaviy shaklda olib borildi.

Xalq ta’limi vazirligi yurtimizda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani, ikkinchi chorak yakuniga qadar 90 foizdan ortiq o‘quvchilar an’anaviy shaklda ta’lim olish maqsadida maktabga qaytganini inobatga olib, 2021 yilning 11 yanvaridan (III chorak) barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Aytish joizki, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida o‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida an’anaviy shaklda ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan maktablarda epidemiologik vaziyatning barqarorligi ta’minlandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ikki chorak davomida masofaviy ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning darslarni to‘liq o‘zlashtirishlariga yetarli imkoniyat bermadi, ayrim holatlarda o‘quvchilar televizion darslarni ko‘rish va o‘rganish o‘rniga vaqtini besamar o‘tkazish va ota-onalar tomonidan yetarli nazorat etilmasligi oqibatida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlari ham kuzatildi.

Shu bois, ota-onalardan farzandlarining kelajagi uchun o‘z vaqtida bilim olishlariga sharoit yaratishlari va maktabga yuborishlarini so‘rab qolamiz.

O‘z o‘rnida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari barcha umumta’lim maktablarida qishki mavsumda issiqlik tizimini barqaror ishlashi, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bilan bog‘liq tashkiliy choralarni ko‘rish, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlashlari talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 11 yanvardan barcha maktablarda o‘qish to‘liq an’anaviyga o‘tkaziladi