11:25 / 10.01.2021
3 015

O‘zbekistonda 2021 yilda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi

O‘zbekistonda 2021 yilda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2021 yilning 9 yanvar kuni «Sport va turizmni sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2020 yilda amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy-tahliliy natijalari hamda 2021 yilgi ustuvor vazifalar» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi, deya xabar qilmoqda «Kun.uz».

Unda ishtirok etgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 2020 yilda 1 million 800 ming nafar mahalliy turistlar safari tashkil etilganini, 2021 yilda buni keskin oshirib, 7,5 million nafarga yetkazish rejalashtirilganini aytib o‘tdi.

«Prezident topshirig‘iga binoan, mahalliy aholining sayohat qilishi uchun qulay va arzon transport bilan ta’minlashda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi», – deya ma’lum qildi Abduhakimov.

Bundan tashqari, 2021 yilda transport logistikasidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida yangi avia va temir yo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Andijon va Xivani to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lovchi temir yo‘l reysi, Farg‘ona va Urganch aviareysi, Qarshidan Urganchga temir yo‘l hamda aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturini jadallashtirish maqsadida yana ko‘plab chegirmalar joriy etilishi ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 2021 yilda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi