17:27 / 11.01.2021
3 963

Buxoroda issiq asfalt ortilgan yuk mashinasi 33 yoshli erkak ustiga ag‘darildi

Buxoroda issiq asfalt ortilgan yuk mashinasi 33 yoshli erkak ustiga ag‘darildi
Foto: Buxoro viloyati VFB matbuot xizmati
Buxoroda asfalt yuklangan Howo yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida shu hududda obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan 33 yoshli erkak yuk tagida qolib ketdi. Voqea 10 yanvar, yakshanba kuni shaharning Bahovuddin Naqshband ko‘chasida yuz bergan. Bunga guvoh bo‘lgan ayol hushini yo‘qotib, yerga yiqilgan.

To‘kilgan issiq asfalt ostida qolgan 1988 yilda tug‘ilgan xodim M.Sh. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qutqarilgan. Unga va hushini yo‘qotgan ayolga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Aniqlanishicha, ushbu hodisaga yo‘ldagi nosozlik sabab bo‘lgan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bundan bir necha kun avval ushbu hududda suv quvurlari yorilgan va «Suvoqova» tashkiloti muammolarni bartaraf etish maqsadida yo‘lak ostini qazigan va yuza qismini shunchaki ko‘mib ketgan.

Ushbu yo‘lak orqali harakatlangan Howo yuk og‘irligi sabab yo‘lning aynan o‘sha qismi mo‘rtligidan ag‘darilib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda issiq asfalt ortilgan yuk mashinasi 33 yoshli erkak ustiga ag‘darildi