10:14 / 13.01.2021
2 115

Bekobodda 7,5 mln so‘mlik poliz ekinlarini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Bekobodda 7,5 mln so‘mlik poliz ekinlarini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi
Foto: Tergov departamenti
Toshkent viloyati Bekobod tumanida fermer xo‘jaligi yer maydonidan poliz ekinlarini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti. Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 10 yanvar kuni 28 yoshli Ahror T. Bekobod tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Arizachi unda 2021 yilning 5 yanvardan 6 yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar unga tegishli bo‘lgan Bekobod tumani «Nazarboy» MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonida bo‘lgan umumiy qiymati 7 500 000 so‘mni tashkil qiluvchi poliz ekini mahsulotlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganliklari, ushbu shaxslarni aniqlab ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Foto: Tergov departamenti
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida Ahror T.ga tegishli bo‘lgan poliz ekini mahsulotlarini 21 yoshli Qobiljon A., 27 yoshli Faxriddin M. va 23 yoshli Jamshid B. o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan.

O‘z navbatda, jinoyatchilar o‘g‘rilik yo‘li bilan ko‘lga kiritilgan poliz ekinini 1 100 000 so‘mga 46 yoshli Jumanazar M.ga sotib yuborilganliklari, mazkur ekinlarni Jumanazar M. o‘zi istiqomat qilayotgan uyining omborxonasida saqlab kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Foto: Tergov departamenti
Mazkur holat yuzasidan Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bekobodda 7,5 mln so‘mlik poliz ekinlarini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi