11:17 / 13.01.2021
2 059

Prokurorlarning ayrim huquqlari bekor qilindi

Prokurorlarning ayrim huquqlari bekor qilindi
«Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–663-son, 12.01.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ishlarni nazorat tartibida ko‘rish instansiyasi tugatildi.

Investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarning iqtisodiy sudlarga taalluqqli ekanligi belgilandi. Ishlar investitsiyaviy nizo bo‘yicha yirik investorning, raqobatga oid ish bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra Oliy sud tomonidan ko‘riladi.

Prokurorlarning barcha sud majlisida ishtirok etish huquqi bekor qilindi. Endilikda prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Biznes ombudsmanga hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berish huquqi berildi.

Bundan tashqari, Oliy sud sudyasi kassatsiya shikoyati bo‘yicha iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli ekanligi belgilandi.
Nazorat instansiyasi bekor bo‘lgan bo‘lsada, kassatsiya tartibida ko‘rilgan ish takroran ko‘rilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokurorlarning ayrim huquqlari bekor qilindi