1 611
Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi
«Sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun (O‘RQ–665-son, 12.01.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar endilikda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi.
Endilikda fuqarolar o‘z hisobidan ma’muriy bayonnomaning ko‘chirma nusxasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror ustidan ma’muriy bayonnomani tuzgan organ tomonidan ham shikoyat berilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bekor qilinib, apellyatsiya instansiyasi joriy etildi.
Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi bilan bir qatorda ularning adolatsizligi ham sud hujjatini kassatsiya tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘lishi belgilandi.
Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning o‘rinbosarlari kiritgan protestga ko‘ra kassatsiya tartibida takroran ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?