14:00 / 13.01.2021
2 306

Yangiyerda Nexia va «Jiguli» ishtirokida sodir bo‘lgan avariyada haydovchi salondan uchib chiqib ketdi

Yangiyerda Nexia va «Jiguli» ishtirokida sodir bo‘lgan avariyada haydovchi salondan uchib chiqib ketdi
Sirdaryo viloyatida Nexia va «Jiguli» ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi jarohat oldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 yanvar kuni soat 14:30 larda Yangiyer shahri Tinchlik ko‘chasida 31 yoshli «VAZ-2106» haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida 21 yoshli E.T. boshqaruvidagi Nexia bilan avariya sodir etgan. Avariya oqibatida ikkala haydovchi va Nexia ichida bo‘lgan 20 yoshli yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yangiyer shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘ngilsiz hodisaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosidan ko‘rish mumkinki, katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia burilib olmoqchi bo‘lgan «VAZ-2106»ga kelib urilgan. Avariya natijasida «Jiguli» salonida bo‘lgan yo‘lovchi uchib chiqib ketgan.

IIV YHXBB haydovchilarni belgilangan qoidalarga, tezlik me’yoriga, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishlarini so‘raydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyerda Nexia va «Jiguli» ishtirokida sodir bo‘lgan avariyada haydovchi salondan uchib chiqib ketdi