16:36 / 14.01.2021
872

Zamonaviy urushga tayyorlanish yangi poligonlar talab qiladi

Zamonaviy urushga tayyorlanish yangi poligonlar talab qiladi
Markaziy Osiyoda eng kuchli hisoblanadigan O‘zbekiston Qurolli kuchlari bugun yuqori jangovar tayyorgarlik holatida, eng yangi harbiy texnika bilan jihozlangan va malakali mutaxassislar yetakchiligida o‘zining 29 yoshini nishonlamoqda. O‘zbekiston armiyasi g‘alaba qozonish ilmini brcha zamonaviy talablarga javob beradigan poligonlarda o‘rganishmoqda.

O‘zbekiston prezidenti va Qurolli kuchlari Oliy Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni arafasida “Forish” tog‘li poligoniga tashrif buyurdi hamda Jizzax viloyatidagi quruqlik va havo-harbiy kuchlarining namoyishida ishtirok etdi.

Bu odatiy tashrif bo‘lmadi, chunki biroz oldin O‘zbekiston prezidenti respublikadagi barcha poligonlarni zamonaviylashtirishni “Forish” poligonini esa - namunali o‘quv markazga aylantirishni topshirgan edi. Tashrif davomida davlat rahbari Mudofaa vazirligi va boshqa muassasalar tomonidan topshiriq qanday bajarilganiga baho berdi.

Shavkat Mirziyoyev tog‘li poligonda qo‘shinlar harbiy tayyorgarligi qanday olib borilayotganiga baho berdi. Prezident qurol-aslahalar va harbiy texnika, o‘quv korpuslari, kutubxona, kazarma va sportzalni ko‘zdan kechirdi.

Davlat rahbari shaxsiy tarkib samarali tayyorgarlik ko‘rishi uchun barcha sharoitlar yaratilganiga ishonch hosil qildi. Axir O‘zbekiston askarlari 2019, 2020 yillarda Xalqaro Armiya o‘yinlarining Olovli-hujum yo‘lagi va yana bir necha bosqichida bejizga g‘alabaga erishmagan.

Forish” poligonida Shavkat Mirziyoyev harbiylar bilan suhbat qildi.
Bugungi Qurolli Kuchlarimiz besh yil oldingi armiya emas. Mudofaa doktrinamiz bo‘yicha qilingan ishlar natijasida milliy armiyamizning salohiyati har tomonlama oshdi. Erishgan muvaffaqiyatlarimiz bilan birga oldimizda ko‘p rejalar, vazifalar turibdi. Qo‘shinlarning jangovar holatini yanada mustahkamlashimiz kerak. Buning uchun bilim, tajriba, tayyorgarlik zarur, - dedi prezident.

O‘zbekiston prezidenti o‘zining oldingi chiqishlarida ham Qurolli kuchlarning mudofaa qobiliyatini, professionalligini va harbiy kuchini oshirish haqida gapirgan edi. Demak, O‘zbekiston Qurolli kuchlari poligonlari, jangovar tayyorgarligini oshirish davom ettiriladi. Buning uchun Respublikada barcha sharoit va manbalar mavjud.

Zamonaviy ustuvorliklar
Ayni damda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari asosida Qurolli kuchlarning ko‘rinishi o‘zgarmoqda, ko‘plab yangi harbiy ob’ektlar qurilmoqda, milliy armiyaning jangovar qobiliyati oshirilmoqda va rsepublikada zamonaviy harbiy poligonlar ko‘paymoqda.

Kattaqo‘rg‘on harbiy poligoni
Janubi-g‘arbiy harbiy okrugda 13 yanvar kuni eng yangi “Nuriston” poligoni foydalanishga topshirildi. Bu zamonaviy poligon majmuasi bo‘lib uning tarkibiga 15ta o‘quv sinflari, leksiya xonasi, kutubxona, 530 o‘rinli qulay yotoqxona va 600 o‘rinli oshxona kiradi. Undan tashqari kafe va tibbiyot xonasi ham bor. Qurolli kuchlar kuniga ushbu yangi poligon alohida harbiy okrug eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi.

Kattaqo‘rg‘on harbiy poligoni
Markaziy harbiy okrugda 2020 yilning iyul oyida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan “Sazagan” yangi poligoni ochilgan edi. Umumiy maydoni 5 ming gektardan ortiq bo‘lgan ushbu majmuada barcha qo‘shin turlarini tayyorlash mumkin. Poligonning zamonaviy infratuzilmasi, harbiylar uchun qulay turarjoylar harbiy-texnik hamkorlik dasturlari doirasida xorijiy mehmonlarni qabul qilish imkonini ham beradi.

Forish harbiy poligonida o‘zbek-tojik qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari
2020 yilning yozida Termiz shahri yaqinida yana bir yangi harbiy poligon ishga tushirilgan edi. Umumiy maydoni 28 ming gektar bulgan ushbu harbiy ob’ekt barcha zamonaviy talablarga javob beradi. U yerda maxsus taktik maydonlar, o‘q o‘zish maydonlari, to‘siqli yo‘laklar, o‘quv sinflari, kazarmalar, oshxona, sport majmuasi bor.

Markaziy Osiyo hududida kuchayib borayotgan harbiy-siyosiy notinchlik vaziyatida 2020 yilning dekabrida Rossiya va O‘zbekiston armiya maxsus bo‘linmalarining qo‘shma maxsus-taktik aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan edi. Unda 200ga yaqin harbiylar va maxsus texnika ishtirok etgan edi. Besh kun davomida o‘zgaruvchan vaziyatda maxsus bo‘linmalar keng ko‘lamlari va murakkb o‘quv-harbiy mashqlarini bajarishgan edi. Aytish joizki, Termiz shahri O‘zbekistonning eng janubida, Amudaryo qirg‘og‘ida, Afg‘oniston bilan chegara yaqinida joylashgan.

Chirchiq harbiy poligoni
O‘zbekistonning eng yirik, jahon standartlariga javob beradigan “Kattaqo‘rg‘on” poligoni 2019 yilning noyabr oyida ishga tushirilgan. Bu yerda barcha harbiy texnikadan, jumladan artilleriya va aviatsiyadan foydalangan holda o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazish mumkin. 2020 yilning yanvar oyida “Kattaqo‘rg‘on” poligoni O‘zbekiston Qurolli kuchlarining eng yangi texnikasini sinovdan o‘tkazish maydoniga aylandi. Poligon o‘z harbiy texnikasi va avtomobillariga, o‘quv sinflari, tibbiyot xonasi, oshxona, yotoqxona sport zali va madaniyat markaziga ega.

Optimistik o‘sish
O‘zbekiston Qurolli kuchlarining 10ta eng muhim va zamonaviy poligonlari ro‘yxatining birinchi qatoridan “Forish” poligoni o‘rin olgan. Bu yerda O‘zbekiston Armiyasi doimiy ravishda Rossiya, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Turkiya, Pokiston va Xitoy qo‘rolli kuchlari bilan hamkorlikda taktik va maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelmoqda. Ushbu ro‘yxatning o‘zi ham poligonning rivojlangan infratuzilmasining belgisidir. U yerda xalqaro miqyosda turli aksilterror mashg‘ulotlarni o‘tkazish, turli jangovar ssenariylarni sinab ko‘rish imkoni bor.

Chirchiq harbiy poligoni
Buxoro umumqo‘shin o‘quv poligoni Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli bo‘lib, muhimlik darajasi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning yagona poligoni “Nukus” hamda Sharqiy harbiy okrugning “Shursuz” va “G‘urumsaroy” poligonlari 4 va 5 o‘rinlarni egallagan. Eng yaxshi poligonlar qatoridaQashqadaryo viloyatida joylashgan “Muborak” va “Nuriston” poligonlari ham bor. “Chirchiq” poligoni Toshkent harbiy okrugida 3ta oliy harbiy o‘quv yurtlari kursantlarini tayyorlash va harbiy paradlar o‘tkazish uchun xizmat qiladi.

Foto: Dilshoda Raxmatova. Chirchiq harbiy poligonida 9 may paradi
Bularning barchasidan qanday xulosa qilish mumkin? Geosiyosiy va iqtisodiy murakkab vaziyatda O‘zbekiston ko‘plab ajoyib harbiy poligonlar qurish hamda 50 mingli samarali armiya tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi. Mudofaa tizimlari yaratish bo‘yicha tan olingan hududiy yetakchi bo‘la turib, O‘zbekiston jahon harbiy harbiy kuchlar reytingining 52-o‘rniga ko‘tarilgan. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha O‘zbekiston MDHda Belarus, Qozog‘iston va Ozarbayjondan oldinda.

Bunday o‘sishga Rossiya bilan hamkorlik qilish ham o‘zining salmoqli hissasini qo‘shmoqda.Ayni damda Rossiya va O‘zbekiston orasida 12ta harbiy-texnik hamkorlik shartnomalari amalga oshirilmoqda. Ularga asosan Toshkentga zamonaviy radiolokatsion majmualari, Su-30SM qiruvchilari va Mi-35M zarba beruvchi vertolyotlari yetkazib berilmoqda.

2019 yilda harbiy bo‘linmalar samaradorligi o‘tkazilgan 230 taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari davomida 12%ga o‘sgan Qurolli kuchlar umumiy samaradorligi – 2 baravar o‘sgan bo‘lsa, 2020 yilda topshirilgan yangi poligonlar O‘zbekiston armiyasi quvvatini yanada oshirdi. Bu mudofaa vaziri Baxodira Qurbonov Senatga o‘tgan yilning dekabr oyida Senatga bergan hisobotidan ma’lum bo‘ldi. Unda aytilshiga ko‘ra, so‘nggi yil davomida O‘zbekistonda barcha zamonaviy talablarga javob beradigan to‘rtta harbiy poligon va bitta tog‘ o‘quv-mashg‘ulotlar markazi foydalanishga topshirilgan.

Ular orasida dekabr oyining boshida to‘liq yangilangan “Nukus” poligoni va modelyatsiya va simulyatsiya mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun dala-o‘quv markaziga aylantirilgan “Chirchiq” poligonlari ham bor. Dunyo pandemiyasi va iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramasdan O‘zbekiston armiyasini ildam zamonaviylashtirish davomi etmoqda.

Bunda Qurolli kuchlarni nafaqat zamonaviy poligonlar bilan ta’minlash, balkim harbiylar uchun turli imtiyozlar, ularni madaniy va ruhiy rivojlanish uchun sharoitlar hamda harbiylar oilalarning yashash sharoitlari ham yaxshilanmoqda.

Xususan, Namangan viloyati Yuksalish tumanida bir necha harbiylar oilalari Vatan himoyachisi kuni arafasida yangi xonadonlar kalitlarini topshirildi. Shuningdek Zarafshon va Uchquduqda harbiylarga yangi uylar topshirildi. Axir uydan ko‘ngil to‘q bo‘lsa bayram ham harbiy tayyorgarlik ham ko‘tarinki ruhda o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)