23:06 / 15.01.2021
2 643

O‘zbekiston 70 mln doza Rossiya vaksinasini sotib olishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 70 mln doza Rossiya vaksinasini sotib olishi ma’lum bo‘ldi
Foto: Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi matbuot xizmati
O‘zbekiston Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan ishlab chiqarilgan 70 million doza vaksinani sotib oladi. Bu haqda Bloomberg nashriga tayanib «Gazeta.uz» xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha umumiy 8,33 milliard doza vaksina uchun buyurtma berilgan. Bu dunyo aholisining yarmini emlash uchun yetarli (vaksinalarning ayrim turlari ikki marta emlashni talab qiladi).

Eng ko‘p vaksina bo‘yicha shartnomalarni Hindiston tuzgan. Janubiy Osiyo mamlakati 2,2 milliard dozada AstraZeneca/Oxford, Novavax hamda Gamaleya vaksinalarini sotib oladi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi 1,4 milliard doza, AQSH 1 milliarddan ortiqroq doza vaksina sotib olish bo‘yicha kelishuvlarga ega.

Bu borada aholi jon boshiga vaksina bo‘yicha eng katta qamrov Kanadada. 38 million aholiga ega mamlakat 214 million doza, ya’ni aholi soniga nisbatan 303 foiz qamrovda Novavax/Sanofi, Moderna, AstraZeneca/Oxford, Medicago, Pfizer/BioNTech, Johnson & Johnson kompaniyalarining vaksinalarini sotib olgan.

O‘zbekiston esa 70 million doza (110 foiz qamrov) vaksina bo‘yicha kelishuvga ega. Shartnoma faqat Gamaleya bilan tuzilgan.

Avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Otabekov Xalqaro press-klub sessiyasida O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tasdiqlagan vaksinalarni sotib olishi haqida ma’lum qilgandi.

«Qaysi vaksinani xarid qilamiz? Albatta, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tan olgan va samaradorligi isbotlangan vaksinalar O‘zbekiston tomonidan xarid qilinadi. Xarid qilinishidan avval tender o‘tkaziladi. Qaysi vaksina sifatli bo‘lsa, samarador deb baholangan bo‘lsa, o‘sha vaksina xarid qilinadi», – degan edi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, hozircha JSST faqatgina Pfizer hamda BioNTech kompaniyalari ishlab chiqargan vaksinani foydalanish uchun ma’qullagan.
Ma’lumot uchun, Gamaleya instituti koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqargan. Hozirda vaksinadan favqulodda foydalanishni Rossiyadan tashqari Argentina ma’qullagan.

Vaksina klinik sinovlari uchinchi bosqichining oraliq tahlil natijalari 92 foiz samaradorlikni tashkil etishini ko‘rsatdi. Dekabr oyi boshlarida vaksina ikkita komponentining maksimal narxi ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston 70 mln doza Rossiya vaksinasini sotib olishi ma’lum bo‘ldi