16:46 / 16.01.2021
3 885

Yangi qonun kuchga kirdi

Yangi qonun kuchga kirdi
«Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi Qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar quyidagi quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:
  • Tashkilotlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport inshootlari, dam olish, shuningdek turistik ob’ektlardan bepul foydalanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;
  • Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarga, fuqarolarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatishning davlat kafolatlari dasturi doirasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha choralar ko‘radi;
  • Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarning bepul umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, o‘rta maxsus va professional ta’lim olishini kafolatlaydi;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining 2 foizi miqdorida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish, shuningdek dori vositalari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish huquqiga ega;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar imtiyozli shartlar asosida ijtimoiy uy-joy olish huquqiga ega;
  • Mehmonxonalarda kamida bitta xona o‘rindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlanishi, shuningdek eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun displeylar hamda ovozli qurilmalar o‘rnatilishi ta’minlanishi shart;
  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bo‘lgan shaxslarga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar belgilash huquqiga ega.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi qonun kuchga kirdi