12:12 / 18.01.2021
2 069

Bugundan Qashqadaryoda hokimlar o‘z o‘rinlarini yoshlarga vaqtinchalik bo‘shatib beradi

Bugundan Qashqadaryoda hokimlar o‘z o‘rinlarini yoshlarga vaqtinchalik bo‘shatib beradi
Kecha Qashqadaryo viloyatidagi tuman va shahar hokimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanish uchun Toshkent shahriga yo‘l oldi. Hokimlarni Qarshi temir yo‘l vokzalidan kuzatish marosimida Zoyir Mirzayev ham ishtirok etdi, deb xabar berdi viloyat hokimligi axborot xizmati.

— Tarixda birinchi bor davolanish uchun bormoqdasizlar, — dedi Zoyir Mirzayev. — Demak, dam olishga borayapmanmi yoki davolanishga, degan fikr hammada bo‘lishi kerak. Sizning salomatligingiz jamiyatga ham, oila a’zolaringizga ham kerak. Ertadan o‘rinlaringizni vaqtincha yoshlar egallaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, "Xalqchil bo‘lishning birdan bir usuli — xalqni dardu tashvishlarini ichida bo‘lish". Yosh rahbarlardan zora bittagina xalq dardiga yechim topa olsak ham, bu katta yutuqdir.

Ma’lumot o‘rnida, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari 10 kun davomida "Chinobod Plaza" sanatoriyasida tibbiy ko‘rik natijalari asosida ilk bor davolanib, katta kuch bilan o‘z faoliyatini boshlaydilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugundan Qashqadaryoda hokimlar o‘z o‘rinlarini yoshlarga vaqtinchalik bo‘shatib beradi