O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berish tartibini takomillashtiriladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Dasturga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qonuni loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada, 2021 yil 1 maydan boshlab O‘zbekistonga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan, shuningdek, 15 yil davomida O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2021 yil 1 may, ijro uchun mas’ullar - Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida 15 yil davomida muqim yashagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini berish tartibi joriy qilinishi haqida gapirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi