23:28 / 18.01.2021
1 825

Tadbirkorga 246,2 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi

Tadbirkorga 246,2 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi
Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 16.10.2020 yildagi 4-1001-2022/848-sonli ijro varaqasiga asosanj. qarzdor “Toshkent mintaqaviy Temir yo‘l Uzeli” korxonasidan undiruvchi “Afina stroy montaj” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 246.254.490 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 13.11.2020 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro xujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan, ijro ishi qo‘zg‘atilib, qo‘zg‘atish qarori qarzdorga ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Qarzdor davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlikni qoplamaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishildi. Ijro harakatlari davomida MIB portal elektron dasturi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, olingan javoblarga ko‘ra qarzdorga tegshili bo‘lgan mol-mulklarga band solingan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning hisob raqamlariga inkassa qo‘yilib 07.12.2021 yilda qarzdorning hisob raqamidan 246.254.490 so‘m asosiy qarzdorlik undirilib, undiruvchi tadbirkorning hisob raqamiga o‘tkazib berildi. Ijro hujjati ijrosi Qonunning 41-moddasi, 1-bandiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorga 246,2 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi