11:48 / 19.01.2021
3 844

Sizni qutlar bugun barcha dilga yaqin insonlar: Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Sizni qutlar bugun barcha dilga yaqin insonlar: Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Bugun, 19 yanvar taniqli shifokor, xalqimiz sihat-salomatligi yo‘lida o‘z umrini baxshida qilgan, bo‘lajak shifokorlarga o‘z bilimlarini jonkuyarlik bilan o‘rgatib kelayotgan, bir qancha kitoblar muallifi, mehridaryo inson professor Zarifboy Rajabovich Ibodullayevning tavallud topgan kunlari.

Shu fursatdan foydalanib saytimizning doimiy hamkori, o‘zlarining ajoyib fikr-mulohazalari, noyob kitoblaridagi dolzarb satrlari bilan Siz aziz o‘quvchilarimizga yaxshi tanish bo‘lgan ajoyib inson Zarifboy Ibodullayevni tahririyatimiz nomidan muborakbod etamiz.

Hurmatli Zarifboy aka Sizga oilaviy tinchlik, mustaxkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, har doim xalq olqishini olib yurishingizni tilaymiz, kuch-qudrat, omad, yaxshi kayfiyat doimiy hamrohingizga aylansin, barcha maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin, baxtli va dorilomon hayot hamisha yo‘ldosh bo‘lsin!

Bugun yo‘lingizga gullar poyondoz,
Sezib-sezmay o‘tgan yillar poyondoz,
Mehringizga tashna dillar poyondoz,
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Ollohning mehri-la yaralgan inson,
Boringizga shukrlar aytayin shodon,
Sizni baxtlar quchsin har lahza, har on,
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sizni qutlar bugun barcha dilga yaqin insonlar: Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!